Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada 1-1 Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya - Marokash
14/06 06:00 Gaiti - Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya - Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao

Qilichboz qizlarimiz Osiyo chempionati shohsupasidan joy oldi

Qilichboz qizlarimiz Osiyo chempionati shohsupasidan joy oldi

Baho:
+ | -

Indoneziyaning Bali shahrida davom etayotgan qilichbozlik bo‘yicha Osiyo chempionatining sablya yo‘nalishida jamoaviy bahslar o‘tkazildi.

Unda Zaynab Dayibekova, Gulistan Pardibayeva, Samira Shokirova va Luisa Fernanda Errera Lara kabi mahoratli qilichbozlardan iborat bo‘lgan O‘zbekiston terma jamoasi  1/16 finalda  Xitoy Taypeyini 45:23, 1/8 finalda Honkongni 45:37 hisobida taslim qildi. Bronza medali uchun o‘tgan bellashuvda qilichbozlarimiz Xitoy terma jamoasini 45:43 hisobida taslim etdi. Mazkur yo‘nalishda Yaponiya va Janubiy Koreya termalari oltin hamda kumush medalni qo‘lga kiritdi.

Ma’lumot o‘rnida: sablya yo‘nalishining erkaklar o‘rtasidagi jamoaviy bahslarida ham terma jamoamiz uchinchi pog‘onadan joy olgan edi. Shuningdek, qizlar o‘rtasidagi yakkalik bellashuvlarida Luisa Fernanda Errera Lara kuchli uchlikni yakunlab bergan.

Kiritildi: 20:32, 22.06.2025.
O'qildi: 1659 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик