Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/05 23:45 Torino - Sassuolo
09/05 00:00 Levante - Osasuna
09/05 16:30 Liverpul - Chelsi
09/05 17:00 Elche - Alaves
09/05 18:00 Kalyari - Udineze
09/05 19:00 Fulhem - Bornmut
09/05 19:00 Brayton - Vulverhempton
09/05 19:00 Sanderlend - Man. Yunayted
09/05 19:15 Sevilya - Espanyol
09/05 21:00 Lasio - Inter
09/05 21:30 Manchester Siti - Brentford
09/05 21:30 Atletiko - Selta
09/05 23:45 Lechche - Yuventus
10/05 00:00 Real Sosyedad - Betis

Xalqaro olimpiya qo‘mitasi faoliyatida yangi davr boshlanmoqda

Xalqaro olimpiya qo‘mitasi faoliyatida yangi davr boshlanmoqda

Baho:
+ | -

Bundan 129 yil muqaddam fransiyalik Pyer de Kuberten boshchiligida Olimpiya o‘yinlarini zamonaviy ko‘rinishda qayta tiklash ishlari boshlangan edi.

Olib borilgan sa’y-harakatlar natijasida 1894 yilning 23 iyun kuni Xalqaro olimpiya qo‘mitasi (XOQ)ga asos solindi. Shundan beri, ushbu sana "Olimpiya kuni" sifatida dunyo bo‘ylab keng nishonlab kelinadi.

Bugungi kunga kelib, "Olimpiya kuni" xalqaro sport olamida eng ommaviy tarzda nishonlanadigan sport bayramlaridan biriga aylangan. Har yili Xalqaro olimpiya qo‘mitasiga a’zo 205 ta milliy olimpiya qo‘mitalarida o‘tkaziladigan sport va salomatlik bayramida millionlab insonlar bevosita ishtirok etmoqda.

Ushbu tadbirni o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsad aholi orasida sog‘lom turmush tarzini hamda Olimpizm g‘oyalarini keng targ‘ib etish, insonlar qalbida jismoniy tarbiya va sportga bo‘lgan mehrni yanada yuksaltirishdan iborat.

Bugun, 23 iyun – “Olimpiya kuni” keng nishonlanayotgan damda Xalqaro olimpiya qo‘mitasining yangi saylangan ilk ayol prezidenti Kirsti Koventri o‘z ish faoliyatini rasman boshlaydi.

2013 yildan XOQ rahbari sifatida faoliyat olib borgan germaniyalik Tomas Bax bugun rasman faoliyatini yakunlaydi. Uning o‘rniga ushbu lavozimda tarixda ilk bor ayol kishi – zimbabvelik Kirsti Koventri vazifaga kirishadi.

Kiritildi: 19:13, 23.06.2025.
O'qildi: 973 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик