"Byornli" Kvilindsi Xartmanni o‘z safiga qo‘shib oldi.
Ingliz klubi 23 yoshli himoyachini "Feyenoord"dan transfer qilganini e’lon qildi. Tomonlar 4 yillik shartnoma imzoladilar.
Voetball International xabariga ko‘ra, bitim qiymati 12 million yevroni tashkil qilgan.
Niderlandiya chempionatining o‘tgan mavsumida Xartman 12 ta o‘yinda maydonga tushdi.













