Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona 1-1 Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

"Atletiko" o‘z hujumchisini sotishga qaror qildi

"Atletiko" o‘z hujumchisini sotishga qaror qildi

Baho:
+ | -

"Atletiko"ning braziliyalik vingeri Samuel Lino yaqin oylarda klubini o‘zgartirishi mumkin, deya xabar bermoqda Fichajes nashri. Madridliklar transfer summasi 30 million yevroga yaqinlashsa, futbolchini sotishga tayyor.

U tezkorligi, driblingi va himoyani yorib o‘tish qobiliyatiga qaramay, asosiy tarkibga mustahkam o‘rnashib ololmadi. "Atletiko"dek talabchan klubda barqarorlik juda muhim va aynan shu narsa braziliyalikka yetishmayapti.

Bir necha xorij klublari, ayniqsa, APLdagilar allaqachon Linoning holatiga qiziqish bildirishgan. "Atletiko" rahbariyati bu futbolchi orqali pul ishlash uchun yaxshi imkoniyat deb hisoblamoqda.

Qo‘shimcha qilamizki, 2024/25 yilgi mavsumda Lino "Atletiko" safida barcha musobaqalarda 47 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 ta gol va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 18:03, 26.06.2025.
O'qildi: 3182 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик