"Sanderlend" klubi "Yunion" yarim himoyachisi Noa Sadikini o‘z safiga qo‘shib oldi.
20 yoshli futbolchi Premyer-ligaga chiqqan ingliz klubi bilan 5 yillik shartnoma imzoladi.
BBC xabariga ko‘ra, transfer qiymati 15 mln funtni tashkil qilgan.
Universal yarim himoyachi kattalar darajasida 140 ta o‘yin o‘tkazgan. U o‘tgan mavsumda "Yunion" tarkibida Belgiya chempioni bo‘lgan, bungacha esa "Anderlext"da o‘ynagan.













