Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/04 00:00 Alaves 2-2 Osasuna
06/04 15:30 Udineze 0-0 Komo
06/04 18:00 Lechche 0-3 Atalanta
06/04 21:00 Yuventus 2-0 Jenoa
06/04 23:45 Napoli 1-0 Milan
07/04 00:00 Jirona 1-0 Vilyarreal
07/04 17:00 Lokomotiv - Xorazm
07/04 18:00 Mash’al - Bunyodkor
07/04 19:15 Andijon - Navbahor
07/04 23:59 Real Madrid - Bavariya
07/04 23:59 Sporting - Arsenal
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 - Nasaf
08/04 19:00 OKMK - Surxon
08/04 20:15 Dinamo - So‘g‘diyona
08/04 23:59 Barselona - Atletiko
08/04 23:59 PSJ - Liverpul

Kanselu va Neveshdan tortib Andre Villash-Boashgacha. Jota va ukasining dafn marosimiga kimlar keldi? (Foto)

Kanselu va Neveshdan tortib Andre Villash-Boashgacha. Jota va ukasining dafn marosimiga kimlar keldi? (Foto)

Baho:
+-1 | -

"Liverpul"ning halok bo‘lgan futbolchisi Diogu Jotani dafn etish marosimi bo‘lib o‘tdi.

"Liverpul" va Portugaliya terma jamoasi forvardi, shuningdek, uning Portugaliya ikkinchi ligasi vakili "Penafiel" safida to‘p tepgan ukasi Andre Teysheyra da Silva Ispaniyadagi YTHda halok bo‘ldi. Ma’lum qilinishicha, Jotaning avtomobili yorilib ketgan shina tufayli yo‘ldan chiqib ketgan va yonib ketgan.

Bugun futbolchilarning dafn marosimi o‘z ona shahri Gondomar shahrida bo‘lib o‘tdi. Xotira marosimi bir soatcha davom etdi.

Dafn marosimida futbolchilarning oila a’zolari, do‘stlari, shuningdek, ularning jamoadoshlari va murabbiylari ishtirok etdi.

Dafn marosimida futbolchilardan Virjil van Deyk, Endryu Robertson, Jordan Xenderson, Fabinyo, Tiago Alkantara, Ruy Patrisiu, Bernardu Silva, Bruno Fernandesh, Joau Feliks, Joze Fonte, Renatu Veyga, Rikardo va Andre Orta va boshqalar bor edi.

Joau Kanselu va Ruben Nevesh klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida "Al-Hilol"ning "Fluminense"ga mag‘lubiyatidan so‘ng darhol AQSHdan uchib kelishdi. Jotaning ukasi to‘p tepgan Portugaliyaning ikkinchi ligasi vakili "Penafiel" futbolchilari to‘liq tarkibda yetib kelishdi.

Dafn marosimida murabbiylar va funksionerlardan Arne Slot, Fernandu Santush, Nunu Eshpiritu Santu, Roberto Martines, Andre Villash-Boash bor edi.

Van Deyk xotira marosimida Jotaning 20-raqamli gulchambarini, Robertson esa Silvaning 30-raqamli gulchambarini olib bordi.

Marosimdan so‘ng Jotaning tobutini ko‘targanlardan biri uning yaqin do‘sti Nevesh edi.

Kiritildi: 17:57, 05.07.2025.
O'qildi: 4471 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик