Kirish Ro'yxatdan o'tish

Jud Bellingem jiddiy jarohat olgan Jamal Musialaga murojaat qildi

Jud Bellingem jiddiy jarohat olgan Jamal Musialaga murojaat qildi

Baho:
+ | -

Madridning "Real" klubi yarim himoyachisi Jud Bellingem Jamal Musialaga murojaat qildi.

Dushanba kuni "Bavariya"ning 22 yoshli futbolchisi muvaffaqiyatli operasiya qilindi, bu haqda myunxenliklar rasmiy bayonotda ma’lum qildi.

Eslatib o‘tamiz, germaniyalik futbolchi klublar o‘rtasidagi jahon chempionati 1/4 finalidan o‘rin olgan "PSJ"ga (0:2) qarshi o‘yinda darvozabon Janluiji Donnarumma bilan to‘qnashib ketib, kichik boldir suyagini sindirib olgandi.

"Tezroq sog‘ayib ket, birodar," - deb yozdi Bellingem "Bavariya"ning ijtimoiy tarmoqdagi postiga.

Nemis OAV ma’lumotlariga ko‘ra, Jamal Musialaning tiklanishi to‘rt-besh oy davom etadi.

Kiritildi: 13:37, 08.07.2025.
O'qildi: 650 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик