Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/04 19:00 Qizilqum 0-0 Xorazm
29/04 19:00 Neftchi 4-0 Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor 2-1 Navbahor
29/04 23:59 Atletiko - Arsenal
01/05 23:45 Piza - Lechche
02/05 00:00 Lids - Byornli
02/05 00:00 Jirona - Malyorka

APLga qaytgan klub "Nyukasl"dan yarim himoyachi olmoqchi

APLga qaytgan klub "Nyukasl"dan yarim himoyachi olmoqchi

Baho:
+ | -

2024/25 yilgi mavsum yakunlariga ko‘ra, "Lids Yunayted" Angliya Premyer-ligasiga qaytdi, shu bois jamoa yangi mavsum oldidan tarkibni kuchaytirishni maqsad qilgan. The Athletic nashrining nufuzli jurnalisti Devid Ornshteyn bergan eksklyuziv ma’lumotga ko‘ra, "tovuslar" rahbariyati "Nyukasl" vakili Shon Longstaffni asosiy nishon sifatida belgilagan.

Ma’lum bo‘lishicha, "Lids" 27 yoshli angliyalik futbolchining transferi uchun bonuslarni hisobga olgan holda "Nyukasl"ga 12 million funt taklif qilgan.

Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilning iyun oyi oxirigacha mo‘ljallangan, shuning uchun "qarg‘alar" yozda futbolchini bir yildan keyin tekinga qo‘yib yubormaslik uchun sotish haqida o‘ylamoqda.

Qo‘shimcha qilamizki, Shon Longstaff "Nyukasl" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U klub safida barcha musobaqalarda 214 ta o‘yinda maydonga tushib, 16 ta gol va 11 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Transfermarkt saytida uning narxi 20 million yevroga baholanmoqda.

Kiritildi: 16:44, 08.07.2025.
O'qildi: 812 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик