Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/08 19:00 So‘g‘diyona 1-0 Andijon
06/08 20:00 Paxtakor 2-2 Buxoro
07/08 19:00 Surxon - Navbahor
07/08 19:30 Lokomotiv - Dinamo
07/08 20:00 Xorazm - Mash’al
08/08 19:00 Neftchi - Qizilqum
08/08 19:30 Bunyodkor - OKMK
08/08 20:00 Nasaf - Qo‘qon-1912

"Chelsi" markaziy hujumchisi "Barselona"ga ijaraga o‘tishi mumkin

"Chelsi" markaziy hujumchisi "Barselona"ga ijaraga o‘tishi mumkin

Baho:
+2 | -

"Barselona" hujum chizig‘ida ko‘proq variantlarga ega bo‘lishni istamoqda. Klub turli imkoniyatlarni o‘rganmoqda va "ko‘k-anorranglilar" radarida "Chelsi" forvardi Nikolas Jekson paydo bo‘ldi. 24 yoshli senegallikning londonliklar safidagi mavqei Liam Delap va Joao Pedro transferidan so‘ng zaiflashdi. Bu Jeksonni klubini o‘zgartirishga undashi mumkin.

Fichajes nashrining xabar berishicha, "Barselona" Jeksonni ijaraga olishi mumkin. Kataloniya klubi hujumchini kuzatib bormoqda, ammo hali muzokaralarni boshlamagan, deya ta’kidlaydi manba.

Nikolas Jekson "Chelsi" safida 81 ta o‘yinda maydonga tushib, 30 ta gol urgan va sheriklariga 12 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Kiritildi: 15:30, 09.07.2025.
O'qildi: 3450 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик