Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Real" 3-4 oy Bellingemsiz qoladi

"Real" 3-4 oy Bellingemsiz qoladi

Baho:
+-1 | -

Madridning "Real" klubi yarim himoyachisi Jud Bellingem yaqin orada endi maydonga tusha olmaydi.

Chorshanba kuni "qaymoqranglilar" klublar o‘rtasidagi jahon chempionati yarim finalida "PSJ"ga yirik hisobda mag‘lub bo‘ldi (0:4) va turnirdagi ishtirokini yakunladi. Shu tariqa, Madrid grandi uchun 2024/25 yilgi mavsum yakuniga yetdi. Kutilganidek, mavsum tugagach, Bellingemning yelkasidan operasiya qilinadi. Madrid Zone xabariga ko‘ra, jarrohlik amaliyotidan keyin inglizning tiklanishi uch oydan to‘rt oygacha davom etadi.

Jud Bellingem anchadan beri yelkasida noqulaylik sezadi, shuning uchun, yaqinda o‘zi tan olganidek, muammoni operasiya yo‘li bilan tezroq hal qilishni xohlaydi.

19 avgust kuni "Real" La Liganing yangi mavsumidagi ilk o‘yinini o‘tkazishi rejalashtirilgan.

Kiritildi: 13:05, 10.07.2025.
O'qildi: 2594 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик