Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona 3-0 Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter - Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend - Brayton
14/03 20:00 Byornli - Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya
15/03 00:45 Udineze - Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem - Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid - Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta

Bektemir Abdumannonov: “Ronalduga qarshi oʻynab koʻrish niyatim bor”

Bektemir Abdumannonov: “Ronalduga qarshi oʻynab koʻrish niyatim bor”

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Intervyular

“Andijon”ning yetakchi futbolchilaridan biri, iqtidorli qanot yarim himoyachisi Bektemir Abdumannonov birinchi davrada “Burgutlar”safida Superliganing barcha 15 ta va Kubokning 3 ta oʻyinida maydonga tushdi. 4 ta gol urdi va 2 ta golli pasni amalga oshirdi. Oldinda esa hal qiluvchi mavsumning ikkinchi qismi turibdi.

Bilasiz, “Andijon” chempionatdan tashqari bu yil ilk bor Osiyo Chempionlar ligasi 2 musobaqasida yurtimiz sharafini himoya qiladi. Abdumannonov esa birinchi davra va oldinda turgan chempionat hamda OCHL 2 haqidagi savollarga javob berdi.

-  Ortda qolgan birinchi davra haqida nimalarni ayta olasiz va nimasi bilan yodingizda qoldi?

-  Mavsumni yaxshi boshlagandik. Orada omadsizlikka uchradik. 5-6 ta uchrashuvda ketma-ket yutqazib qoʻydik. Oʻshanda yigitlarda ham biroz ruhiy tushkunlik sezilgandi. Keyin yangi murabbiyga moslashish jarayonini oʻtkazdik va hozir barchasi joyida. Ikkinchi davraga puxta tayyorgarlik koʻramiz. Xudo xohlasa, birinchi davrada yoʻqotilgan ochkolarni ikkinchi davrada toʻldiramiz.

-  Birinchi davra oʻrtalarida bosh murabbiy oʻzgardi. Unga toʻliq moslashib oldinglarmi?

-  Murabbiyning taktikasiga hamma moslashdi. Oʻrtadan koʻproq hujum uyushtirish boʻyicha ham ishlayapmiz. Moslashuvchanlik juda yaxshi va tezroq amalga oshdi. Maksim Shatskixning uslubi zamonaviy futbol. Ikkinchi davraga Tojikistonda tayyorgarlik koʻramiz, yangi oʻyinchilar ham kelishadi.

-  Ikkinchi davra juda muhim ahamiyat kasb etadi. Bundan tashqari, jamoani OCHL 2 musobaqasi kutyapti. Bu “Andijon” uchun ham, siz uchun ham debyut sanaladi. Nima kutyapsiz va qanday tasavvur qilyapsiz?

-  Xudo xohlasa, muxlislarimizni xursand qilmoqchimiz. Bunday katta-katta turnirlarda muvaffaqiyatli qatnashish juda muhim. Oʻz imkoniyatimiz va salohiyatimizni koʻrsata olsak, bemalol guruhdan chiqsak boʻladi. Qoʻlimizdan kelganicha musobaqada uzoqroqqa borishga harakat qilamiz. Qayerda boʻlsa ham “Andijon” oʻzini koʻrsata olishi kerak.

-  OCHLda qatnashish siz futbolchilarga ham alohiyada motivatsiya...

-  Ha, shunday. Kimlar uchundir bu turnirda qatnashish birinchi marta boʻladi. Oʻzimizni koʻrsatsak balki xorijdan yaxshi takliflar boʻlishi mumkin.

-  “Andijon”ni qanday guruhda tasavvur qilyapsiz?

-  Bilmasam. Saudiya Arabistoni, Quvayt kabi mamlakatlarning jamoalari tushsa kerak.

-  Krishtianu Ronalduga qarshi toʻp surishni orzu qilyapsizmi?

-  Ha, Ronalduga qarshi oʻynab koʻrish niyatim bor. Agar uni jamoasi bilan bir guruhga tushib qolsak boshqacha tayyorlanamizda. Qurʼada hammasini bilib olamiz.

-  Ikkinchi davraga tayyorgarlikda koʻproq nimalarga eʼtibor qaratamiz, deb oʻylaysiz?

-  Zaxiramizni ham kuchaytirishimiz kerak. Bitta tarkib bilan qiyin boʻladi. 5-6 nafar yangi oʻyinchilar kelsa murabbiylarning oʻylagan rejalari amalga oshishiga xizmat qiladi. Yoshlar hali katta oʻyinlarga tayyor emas. Ularga vaqt kerak, ammo jamoaga qoʻshilib ketishga harakat qilishyapti. Yangi futbolchilar kelganidan keyin bemalol asosiy tarkibdagi oʻyinchining oʻrnini kuchaytira oladigan boʻladi, deb umid qilaman.

-  Jamoadan ijobiy natijalar kutayotgan muxlislarga nima deysiz?

-  Bizni qoʻllab-quvvatlashda davom etishsin. Xudo xohlasa, ikkinchi davrada ularni xursand qilamiz. Oʻyinlarimiz oldinda. Yana 15 ta oʻyinimiz bor. Hali bemalol yuqori oʻrinlarga koʻtarilishga imkoniyatimiz bor.

Manba: https://fcandijan.uz
Kiritildi: 00:24, 11.07.2025.
O'qildi: 1203 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.