Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/04 18:00 Lokomotiv - Navbahor
17/04 19:00 OKMK - Buxoro
17/04 20:15 Surxon - Qizilqum
17/04 21:30 Sassuolo - Komo
17/04 23:45 Inter - Kalyari
18/04 16:30 Brentford - Fulhem
18/04 18:00 Udineze - Parma
18/04 18:00 Neftchi - Nasaf
18/04 19:00 Lids - Vulverhempton
18/04 19:00 Nyukasl - Bornmut
18/04 19:00 Mash’al - Xorazm
18/04 20:15 Paxtakor - Dinamo
18/04 21:00 Napoli - Lasio
18/04 21:30 Tottenhem - Brayton
18/04 23:45 Roma - Atalanta
19/04 00:00 Chelsi - Man. Yunayted

“Real” Vinisius bilan muzokaralarni to‘xtatdi

“Real” Vinisius bilan muzokaralarni to‘xtatdi

Baho:
+1 | -

Madridning “Real” klubi hujumchi Vinisius Junior bilan yangi shartnoma bo‘yicha muzokaralarni vaqtincha to‘xtatdi. Bu haqda Ispaniyaning El Chiringuito nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, tomonlar bir necha oy avval yangi shartnoma borasida bir qarorga kelgan va uni 2025/26 yilgi mavsum boshlanishidan oldin rasman e’lon qilishni rejalashtirishgan edi. Biroq hozirda “qirollik klubi” muzokaralarni davom ettirishga unchalik shoshilmayotgani aytilmoqda. Ammo buning asosiy sababi ma’lum emas.

Shu orada Saudiya Arabistonining bir nechta klublari braziliyalik futbolchiga jiddiy qiziqish bildirayotgani haqida mish-mishlar tarqaldi. Xabarlarga ko‘ra, Vinisiusga Osiyo qit’asi klubidan “yog‘li” taklif olgan va agar u bu transferga rozi bo‘lsa, 5 yil ichida 830 million funt sterling miqdorida daromad qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, Vinisius Junior 2018 yilda “Real Madrid” safiga qo‘shilgan. Shu vaqt mobaynida u jamoa bilan bir nechta yirik sovrinlarni qo‘lga kiritdi va ayni damda klubning eng muhim futbolchilaridan biri hisoblanadi.

Ammo u Klublar o‘rtasida yaxshi o‘yin ko‘rsata olmadi. Shu bois u “Real” rahbariyati tomonidan “almashtirib bo‘lmas futbolchi” sifatida ko‘rilmayapti. Ushbu holat futbolchining kelajagini mavhumligicha qoldirmoqda.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 22:26, 12.07.2025.
O'qildi: 7253 marta.
Fikrlar: 8 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик