Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/05 23:45 Piza - Lechche
02/05 00:00 Lids - Byornli
02/05 00:00 Jirona - Malyorka
02/05 17:00 Vilyarreal - Levante
02/05 18:00 Udineze - Torino
02/05 19:00 Vulverhempton - Sanderlend
02/05 19:00 Brentford - Vest Xem
02/05 19:00 Nyukasl - Brayton
02/05 19:15 Valensiya - Atletiko
02/05 21:00 Komo - Napoli
02/05 21:30 Arsenal - Fulhem
02/05 21:30 Alaves - Atletik Bilbao
02/05 23:45 Atalanta - Jenoa
03/05 00:00 Osasuna - Barselona

Futbolchilarning dam olish vaqtlari belgilandi

Futbolchilarning dam olish vaqtlari belgilandi

Baho:
+ | -
Bo'lim: JAHON FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

FIFA va futbolchilar kasaba uyushmasi vakillari futbolchilar uchun dam olish bo‘yicha kelishib olishdi.

FIFA rahbari Janni Infantinoning xalqaro kasaba uyushmalari vakillari bilan uchrashuvi klublar o‘rtasidagi jahon chempionati finali oldidan Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tdi. Tomonlar har bir mavsum yakunida o‘yinlar o‘rtasida majburiy minimal 72 soatlik tanaffus va 21 kunlik dam olish masalasida kelishuvga erishdi.

"O‘yinlar o‘rtasida kamida 72 soatlik dam olish bo‘lishi, futbolchilar esa har mavsum oxirida kamida 21 kun dam olishi yoki ta’tilga chiqishi kerakligi haqida konsensus mavjud. Bu davr har bir klub va har bir futbolchi tomonidan taqvim va jamoaviy shartnomalarga qarab individual tarzda tartibga solinishi kerak," - deyiladi FIFA xabarida.

Shu bilan birga, tashkilot bu amalda qanday ishlashini tushuntirmadi. Payshanba kuni kechqurun Yevropa Ligasida o‘ynaydigan Yevropa jamoalari odatda yakshanba kuni o‘z milliy chempionatlarida o‘yin o‘tkazadilar. 72 soatlik tanaffusni hisobga olsak, dushanbagacha kutishlariga to‘g‘ri keladi. Bundesligada esa dushanba kunlari o‘yinlar o‘tkazilmaydi.

Kiritildi: 17:35, 13.07.2025.
O'qildi: 890 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик