Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona 1-1 Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

"Yuventus" Kolo-Muani transferida raqobatga duch keladi

"Yuventus" Kolo-Muani transferida raqobatga duch keladi

Baho:
+ | -

"Yuventus" o‘tgan mavsumning ikkinchi qismini ijara asosida Turinda o‘tkazgan "PSJ" hujumchisi Randal Kolo-Muanini qaytarishga qiziqish bildirmoqda. Futbolchi KO‘JCHda jamoaga yordam bera olishi uchun ijara muddati hatto uzaytirilgandi.

CalcioMercato xabariga ko‘ra, ijara muddatini uzaytirish vaqtida tomonlar Kolo Muani kelajagi bo‘yicha muzokaralarga yangi mavsumni nishonga olgan holda qaytishga kelishib olishgan. Parij klubi ikki variantni ko‘rib chiqmoqda: yo yozda futbolchini taxminan 45 million yevroga sotish yoki 2025/26 yilgi mavsumdan keyin sotib olish sharti bilan ijaraga berish.

Shu bilan birga, "Yuventus"ga hujumchi uchun raqobat jiddiy ekani aytildi. Kolo-Muaniga da’vogarlar orasida "Chelsi" va "Arsenal" bor.

Eslatib o‘tamiz, Kolo-Muani 2024/25 yilgi mavsumda "Yuventus" safida 22 ta o‘yinda maydonga tushib, 10 ta gol va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Kiritildi: 19:24, 15.07.2025.
O'qildi: 1820 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик