Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-2 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm 0-2 Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum 2-1 Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor 1-3 Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao

Shahzod Toirov: «Navbahor»dagi qisqa davrim, shirin xotiralar bilan eslash hamda sog‘inishga arzigulik davr bo‘ldi, deya olaman”

Shahzod Toirov: «Navbahor»dagi qisqa davrim, shirin xotiralar bilan eslash hamda sog‘inishga arzigulik davr bo‘ldi, deya olaman”

Baho:
+1 | -

Xabaringiz bor, «Navbahor»ning 23 yoshli himoyachisi Shahzod Toirov birinchi davrada kam o‘yin amaliyotiga ega bo‘lganligi bois, o‘zaro kelishuvga asosan, jamoani tark etdi. Toirov joriy mavsumning birinchi yarmida «lochinlar» tarkibida  jami 4 ta uchrashuvda maydonga tushib, 288 daqiqa harakat qildi.

Klub matbuot xizmati xodimlari Shahzod Toirovdan intervyu olishdi.

— Shahzod, jamoada juda qisqa vaqt bo‘ldingiz, «Navbahor»ni bu qadar erta tark etishingizning sababi nimada?

— Avvalambor, assalomu alaykum. To‘g‘ri ta’kidladingiz, «Navbahor»dagi faoliyatim juda erta yakunlandi. Bunga esa o‘yin amaliyotining kamligi  asosiy sabab bo‘ldi. Hozir futbol o‘ynaydigan yoshda bo‘lganim, futbolchi sifatida yanada rivojlanishim kerakligi bois, jamoani tark etishga qaror qildim.

— OKMKga o‘tishingiz qanday sodir bo‘ldi? Mazkur jamoaga kim taklif etdi?

— Birinchi davra yakunlanishiga 4-5 ta tur qolganida, menga Olmaliq klubi rahbariyatidan chaqiruv bo‘ldi. Kelajak rejalarim haqida so‘rashdi. «Navbahor» bilan shartnomam borligi uchun ularga aniq javob berolmagandim. Keyin davra yakunida OKMKdan yana aloqaga chiqishdi. Aslida olmaliqliklar joriy mavsum avvalida ham menga taklif bilan chiqishgan edi. Men o‘shanda yaxshi niyatlar bilan «Navbahor»ni tanlagandim. OKMKning bu safargi taklifini esa qabul qildim. Meni Bahodir Mirzayev taklif etdi.

— «Navbahor»dagi qisqa faoliyatingizdan qanday taassurotlar qoldi?

— Namangandagi faoliyatim qisqa bo‘lsada, juda katta taassurot va hissiyotlar bera oldi. Namanganlik muxlislarga alohida respekt degan bo‘lardim. Ular doimo yurtimizda tengsiz ekanliklarini isbotlashga harakat qilishadi. «Navbahor» ishqibozlari yaratgan atmosferada Yevropa nafasini his qildim. Ularni unutmayman. «Navbahor»dagi qisqa davrim, shirin xotiralar bilan eslash hamda sog‘inishga arzigulik davr bo‘ldi, deya olaman.

— «Navbahor»dan ketishingizga klub rahbariyatidagi o‘zgarishlar ham ta’sir o‘tkazdimi?

— Yo‘q, Namangan jamoasidan ketishimning asosiy sababi, murabbiylarning menga ishonch bildirishmagani bo‘ldi. Murabbiyning rejasiga kirmasangizu klub rahbarlari yoki muxlislar “jamoada qoling”, deyishgani bilan hech narsani o‘zgartirib bo‘lmaydi.

— «Navbahor»dan ketmoqchi ekaningizni aytganingizda, «Navbahor» PFK rahbariyati va murabbiylar shtabi qanday reaksiya qilishdi?

— Jamoani tark etmoqchi ekanligimni birinchi bo‘lib,  jamoa bosh murabbiyi Sergey Lushanga aytdim. Murabbiy ayni paytda rejalariga meni kiritmayotganini, jamoaning asosiy tarkibi o‘zagini aniqlab olganligini, shuning uchun hech narsani o‘zgartirmoqchi emasligini ta’kidladi. Shu bois, ketishim eng to‘g‘ri yo‘l ekanini anglab yetdim.

To‘g‘ri, klub rahbarlari ozgina shoshilmasligimni, hali hammasi oldinda ekanini aytishdi. Biroq menga o‘yin amaliyoti kerak edi. Shuning uchun «Navbahor»dan ketdim.

— So‘nggi so‘z o‘rnida muxlislarga tilaklaringiz...

— «Navbahor»dagi qisqa faoliyatim davomida meni qo‘llab-quvvatlagan, men bilan do‘st bo‘lgan barchaga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman. Namanganlik muxlislarga esa omad va zafarlar tilayman. «Navbahor» ishqibozlarini menga ko‘rsatgan hurmatlarini hech qachon unutmayman. Sobiq jamoadoshlarimga ham rahmat.

«Navbahor»ga esa 2-davra o‘yinlarida omad yor bo‘lishini tilayman.

«Navbahor» PFK matbuot xizmati.

Manba: www.pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 22:43, 16.07.2025.
O'qildi: 629 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик