Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta 2-3 Levante
12/05 23:00 Betis 2-1 Elche
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves - Barselona
14/05 00:30 Xetafe - Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad

Flik "Barselona" yangi vinger sotib olishini istamoqda

Flik "Barselona" yangi vinger sotib olishini istamoqda

Baho:
+ | -

"Barselona" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik klub hali ham 1:1 moliyaviy qoidasiga rioya qilishda qiyinchiliklarga duch kelayotganini, bu esa yangi futbolchilarni ro‘yxatdan o‘tkazishda muammolarga olib kelishi mumkinligini tushunadi. Shu bilan birga, Ispaniya grandining byudjetida yangi o‘yinchilarni sotib olish uchun mablag‘ mavjud. Bu haqda Sport.es xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, germaniyalik mutaxassis vaziyatdan xabardor bo‘lsa-da, hujumning chap qanotiga hujumchi olib kelish kerakligini ta’kidlamoqda. Avvalroq, Flik "Atletik" vingeri Niko Uilyamsni sotib olishni ma’qullagan edi, ammo futbolchi klubi bilan shartnomani uzaytirdi. Ayni paytda "Barselona" "Liverpul" hujumchisi Luis Dias transferi ustida ish olib bormoqda.

Ta’kidlanishicha, agar "blaugrana" yangi hujumchi bilan shartnoma imzolasa ham, buni avgustdan oldin amalga oshirmaydi. Kataloniyaliklar iqtisodiy masala hal bo‘lishini kutishni afzal ko‘rishadi.

Kiritildi: 08:13, 18.07.2025.
O'qildi: 2739 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик