Darvozabon Marko Sportyello "Atalanta" futbolchisiga aylandi. Futbolchi bergamoliklar safini erkin agent sifatida to‘ldirdi, shartnoma uch yilga imzolandi.
"Atalanta"ning yangi a’zosi 33 yoshda, u so‘nggi ikki yil davomida "Milan"da bo‘lgan. Sportyello aynan "Atalanta" klubi akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.













