Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta 2-3 Levante
12/05 23:00 Betis 2-1 Elche
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves - Barselona
14/05 00:30 Xetafe - Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad

Ivan Rakitich Xorvatiya klubida direktor bo‘lib ish boshladi

Ivan Rakitich Xorvatiya klubida direktor bo‘lib ish boshladi

Baho:
+ | -

Xorvatiyalik Ivan Rakitich "Xayduk" klubining texnik direktori bo‘ldi, deya xabar bermoqda klub matbuot xizmati.

Joriy yilning iyul oyida Rakitich futbolchilik faoliyatini yakunladi, uning so‘nggi klubi aynan "Xayduk" edi. U bungacha "Ash-SHabab", "Sevilya", "Barselona", "Shalke-04" va "Bazel" klublarida ham to‘p tepgan.

"Bu safar futbol maydonidan tashqarida "Hayduk" bilan o‘z yo‘limni texnik direktor sifatida davom ettirishdan juda xursandman. G‘alaba qozonish va o‘rganishga intilish o‘sha-o‘sha! Ishonch uchun klubga rahmat," - deb yozdi Rakitich ijtimoiy tarmoqda.

Xorvatiyalik yarim himoyachi sifatida harakat qilgan. U "Barselona" bilan Chempionlar ligasida g‘olib chiqdi va "Sevilya" bilan ikki marta Yevropa Ligasida g‘olib chiqdi. Xorvatiya terma jamoasi tarkibida Rakitich 2018 yilda Rossiyada bo‘lib o‘tgan jahon chempionatining kumush medali sovrindori bo‘ldi.

Kiritildi: 06:39, 19.07.2025.
O'qildi: 796 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик