Brayan Mbeumo "Manchester Yunayted" bilan shartnoma imzoladi.
Bu haqda insayder Fabrisio Romano xabar bermoqda.
25 yoshli hujumchi bilan tuzilgan shartnoma 5 yilga mo‘ljallangan bo‘lib, uni uzaytirish imkoniyati mavjud. Mbemo bugun ertalab yangi klubi uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tdi.
Avvalroq, "MYU" "Brentford"ga 65 mln funt to‘lashi, yana 6 mln funt bonus sifatida berilishi mumkinligi xabar qilingandi.













