Dortmundning "Borussiya" klubi chap qanot vingeri Jovanni Reyna "Parma"ga o‘tishga yaqin turibdi, deya xabar bermoqda insayder Nikolo Skira.
Manbaga ko‘ra, 22 yoshli amerikalik allaqachon 4 mavsumga mo‘ljallangan shaxsiy shartnoma shartlari bo‘yicha kelishib olgan.
Hozircha klublar o‘rtasida muzokaralar davom etmoqda. Potensial transfer summasi - 6 million yevro + 2 million bonus.
O‘tgan mavsumda Reyna 25 ta o‘yinda 2 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.













