Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/08 00:00 Fulhem 2-3 Chelsi
25/08 00:30 Malaga 1-1 Deportivo
25/08 19:00 Surxon 0-0 OKMK
25/08 19:00 Andijon 1-0 Xorazm
25/08 20:00 Dinamo 1-1 Paxtakor
26/08 00:00 Valensiya 0-1 Betis
26/08 19:00 Lokomotiv - Bunyodkor
26/08 19:00 Mash’al - Navbahor
26/08 20:00 Qizilqum - Nasaf
27/08 00:00 Real Madrid - Real Sosyedad
28/08 00:00 Barselona - Atletik Bilbao

"Chelsi" portugaliyalik yulduzini 25 mln yevroga sotadi

"Chelsi" portugaliyalik yulduzini 25 mln yevroga sotadi

Baho:
+1 | -

Joau Feliksning "Benfika"ga transferi yakunlanish arafasida. Record nashrining yozishicha, "Chelsi" futbolchining 50 foiz huquqini 25 million yevroga sotishga rozi bo‘lgan. Tomonlar bitimni juma kunigacha yopish niyatida.

Qayd etilishicha, lissabonliklar futbolchi bilan shartnomaning asosiy shartlarini kelishib olgan.

O‘tgan mavsumning ikkinchi qismida 25 yoshli xavbek "Milan" safida ijara asosida to‘p tepgan, ammo asosiy tarkibdan mustahkam o‘rin ola olmagan edi. Endi Feliksda tanish muhitda va qadrdon klubida faoliyatini qayta boshlash imkoniyati paydo bo‘lishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, o‘z vaqtida Feliksni dunyoga tanitgan ham aynan "Benfika" edi. 2019 yilda u Lissabon uchun rekord darajadagi 126 million yevro evaziga Madridning "Atletiko" klubiga o‘tdi.

Kiritildi: 12:04, 23.07.2025.
O'qildi: 1851 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик