Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor 0-1 Buxoro
05/03 19:15 Mash’al 0-2 Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon 0-3 Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem 1-3 Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK
07/03 00:45 Napoli - Torino
07/03 01:00 Selta - Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna - Malyorka
07/03 19:00 Kalyari - Komo
07/03 20:15 Levante - Jirona
07/03 22:00 Atalanta - Udineze
07/03 22:30 Atletiko - Real Sosyedad

"Brentford" futbolchisini "Nyukasl"ga kamida 50 million funtga qo‘yib yuborishini ma’lum qildi

"Brentford" futbolchisini "Nyukasl"ga kamida 50 million funtga qo‘yib yuborishini ma’lum qildi

Baho:
+ | -

"Brentford" hujumchisi Yoan Vissaning klub rahbariyatidan hafsalasi pir bo‘ldi.

Avvalroq, "asalarilar" 28 yoshli forvardni "Nyukasl"ga 25 million funtga sotmagani ma’lum bo‘lgandi.

Jurnalist Ben Jeykobsning yozishicha, "qarg‘alar" "Brentford"ga o‘z takliflarini 30+5 million funtgacha yaxshilashga tayyor ekanliklarini aytishgan, ammo bunga javoban o‘yinchi sotilmasligini va faqat 50 million funt yoki undan ko‘proq taklif qilingan taqdirdagina ketishini eshitishgan.

Futbolchining o‘zi "Brentford" buncha katta pul so‘rayotganidan hafsalasi pir bo‘lgan va klub uni 26 million funtga sotish va’dasini buzgan deb hisoblaydi - tomonlar o‘tgan yozda og‘zaki kelishuvga erishgan. Vissa hatto maoshini oshirishni ham so‘ramadi, chunki u 2025 yilda klubni tark etishini kutgandi. Endi futbolchi "asalarilar" bilan mashq qilishdan bosh tortmoqda.

Qayd etilishicha, Yoanning transferi bo‘yicha katta taklifni Saudiya Arabistonining "Neom" klubi ham bergan, ammo futbolchining o‘zi "Nyukasl" yoki Chempionlar ligasida ishtirok etuvchi boshqa jamoaga o‘tishni istamoqda.

Kiritildi: 23:51, 26.07.2025.
O'qildi: 1555 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.