Hujumchi Markus Reshford o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida shov-shuvli izoh qoldirdi. Bu "Arsenal" muxlisiga berilgan javob edi.
"Sen "Arsenal"dan qo‘rqganing uchun La Ligaga qochib ketding," - deb yozgan ekan Mayki Smit ismli shaxs.
"Men 10 yil ichida 1 ta yevrokubok (Evropa ligasini) qo‘lga kiritganman. "Arsenal" esa 137 yil davomida Yevropada birorta ham sovrin olmagan," - deya javob berdi Reshford.
Keyinchalik Reshfordning izohi o‘chirib tashlandi.













