Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona 1-1 Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

"Inter" bugun Lukman bo‘yicha yaxshilangan taklifni yuboradi

"Inter" bugun Lukman bo‘yicha yaxshilangan taklifni yuboradi

Baho:
+ | -

Bugun "Inter" va "Atalanta" klublari o‘rtasida hujumchi Ademola Lukman transferi bo‘yicha yangi muzokaralar bo‘lib o‘tadi.

Bo‘lajak muhokamalar hal qiluvchi bo‘lishi kutilmoqda. Insayder Paskuale Garro ma’lumotiga ko‘ra, milanliklar bergamoliklarga 44-45 mln yevrolik yaxshilangan taklif va bonuslarni taqdim etadi. Avvalroq o‘z yulduzi uchun 50 mln yevro so‘ragan "Atalanta"ga bunday shartlar ma’qul kelishi hozircha noma’lum.

Ademola Lukmanning o‘zi allaqachon "Inter"ga o‘tishga qaror qilgan va klublar uning transfer tafsilotlarini kelishib olishlariga umid qilmoqda. 27 yoshli futbolchining hisobida bergamoliklar safida 118 ta o‘yinda 52 ta gol va 25 ta golli uzatma bor.

Kiritildi: 11:25, 29.07.2025.
O'qildi: 559 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик