Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/08 19:00 So‘g‘diyona 1-0 Andijon
06/08 20:00 Paxtakor 2-2 Buxoro
07/08 19:00 Surxon - Navbahor
07/08 19:30 Lokomotiv - Dinamo
07/08 20:00 Xorazm - Mash’al
08/08 19:00 Neftchi - Qizilqum
08/08 19:30 Bunyodkor - OKMK
08/08 20:00 Nasaf - Qo‘qon-1912

Rasman. "An-Nasr" Joau Feliks bilan shartnoma imzoladi!

Rasman. "An-Nasr" Joau Feliks bilan shartnoma imzoladi!

Baho:
+ | -

Joau Feliks yulduz hamyurti - Krishtianu Ronaldu yoniga yo‘l oldi. "An-Nasr" avvaliga Feliks bilan qisqa video e’lon qilgan bo‘lsa, birozdan so‘ng 25 yoshli forvard bilan shartnoma imzolaganini ma’lum qildi. Mehnat shartnomasi Feliksni "An-Nasr" bilan ikki mavsumga - 2027 yilning yarmigacha bog‘laydi.

Matbuot ma’lumotlariga ko‘ra, Feliksning transferi uchun "An-Nasr" "Chelsi"ga 30 million yevro to‘laydi. Turli bonus to‘lovlari hisobiga bitim summasi 50 milliongacha o‘sishi mumkin.

"An-Nasr" yangi mavsumga tayyorgarlikni boshlab yuborgan. O‘tgan mavsum jamoa uchinchi o‘rinni egallagan edi. Iyun oyida Krishtianu Ronaldu "An-Nasr" bilan Pro-liga chempionligini qo‘lga kiritmoqchi ekani haqida gapirgandi.

Kiritildi: 17:57, 29.07.2025.
O'qildi: 2964 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик