Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/01 00:45 Atalanta 2-0 Torino
11/01 01:00 Valensiya 1-1 Elche
11/01 16:30 Xitoy 1-0 Avstraliya
11/01 16:30 Lechche 1-2 Parma
11/01 18:00 Rayo Valyekano 2-1 Malyorka
11/01 19:00 Tailand 1-1 Iroq
11/01 19:00 Fiorentina 1-1 Milan
11/01 20:15 Levante 1-1 Espanyol
11/01 22:00 Verona 0-1 Lasio
12/01 00:45 Inter 2-2 Napoli
12/01 21:30 Saudiya Arabistoni - Vyetnam
12/01 21:30 Iordaniya - Qirg‘iziston
12/01 22:30 Jenoa - Kalyari
13/01 00:45 Yuventus - Cremonese
13/01 01:00 Sevilya - Selta
13/01 16:30 O‘zbekiston - Janubiy Koreya
13/01 16:30 Eron - Livan
13/01 21:30 Yaponiya - Qatar
13/01 21:30 BAA - Suriya

Simonsning "Chelsi"ga transferi yakunlanish arafasida turibdi

Simonsning "Chelsi"ga transferi yakunlanish arafasida turibdi

Baho:
+ | -

Londonning "Chelsi" klubi hujumkor yarim himoyachi Xavi Simonsning transferi borasida "RB Leypsig" bilan kelishib olmoqchi.

Niderlandiyalik allaqachon "ko‘klar" bilan uzoq muddatli shartnoma bo‘yicha kelishib olgan, bu haqda bir necha kun oldin xabar berilgan edi. Insayder Nikolo Skiraning yangilangan ma’lumotiga ko‘ra, klublar o‘rtasidagi muzokaralar ham muvaffaqiyatli yakunlanish arafasida. Tomonlar bitimning so‘nggi tafsilotlarini hal qilishlari kerak edi. Qayd etilishicha, muhokamalar jarayonida londonliklar bosh murabbiyi Enso Mareska asosiy rolni o‘ynagan.

Transfermarkt ekspertlari Xavi Simonsning narxini 70 mln yevroga baholamoqda. O‘tgan mavsumda 22 yoshli futbolchi "RB Leypsig" safida 33 ta o‘yinda maydonga tushib, 11 ta gol va 8 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Kiritildi: 05:09, 30.07.2025.
O'qildi: 622 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.