Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Chelsi" hujumchisini 29 million yevroga sotishga tayyor

"Chelsi" hujumchisini 29 million yevroga sotishga tayyor

Baho:
+ | -

"Chelsi" forvardi Armando Broya yozda klubni tark etishi mumkin. "Ko‘klar" o‘tgan mavsumni ijara asosida "Everton"da muvaffaqiyatsiz o‘tkazgan albaniyalik futbolchiga umid qilmayapti. The Athletic xabariga ko‘ra, 23 yoshli futbolchi qiyinchiliklarga duch kelganiga qaramay, London grandi unga juda qimmat narx belgilagan - 25 mln funt (taxminan 29 mln yevro).

Armando Broya "Everton" safida 11 ta o‘yinda maydonga tushib, gol ura olmadi. Futbolchi jarohati tufayli mavsumning katta qismini o‘tkazib yubordi.

Transfermarkt portali Broyaning narxini 12 mln yevroga baholamoqda. Hujumchining "Chelsi" bilan shartnomasi 2028 yilning yozigacha mo‘ljallangan.

Kiritildi: 05:55, 31.07.2025.
O'qildi: 1260 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик