"Manchester Yunayted" sardori Brunu Fernandeshni yana klubni tark etishi bilan bog‘lashmoqda.
Kuni kecha "An-Nasr" "qizil iblislar" hujumkor yarim himoyachisini yozgi transferlar oynasi yopilgunga qadar o‘z safiga qo‘shib olmoqchi ekani haqida xabarlar tarqaldi. Jurnalist Ben Jeykobsning ma’lum qilishicha, Fernandeshning rejalari o‘zgarmagan: portugaliyalik "Manchester Yunayted"da qolishni istamoqda, shuning uchun u Saudiya Arabistoniga ham, boshqa joyga ham ko‘chib o‘tmoqchi emas. 30 yoshli futbolchi mankunianliklar safida yana kamida bir mavsum o‘ynashni rejalashtirmoqda.
Brunu Fernandeshning shartnomasi 2027 yilda tugaydi, biroq u yana bir yilga avtomatik uzaytirish imkoniyatini o‘z ichiga oladi.













