Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Yuventus" Veani "Marsel"ga ijaraga beradi

"Yuventus" Veani "Marsel"ga ijaraga beradi

Baho:
+ | -

Timoti Vea "Marsel" futbolchisiga aylanadi.

Avvalroq, "Yuventus" yarimhimoyachisi 12-15 mln yevroga sotib olish sharti bilan ijara asosida Fransiya klubiga o‘tishi haqida xabarlar tarqalgan edi. Biroq, keyin turinliklar rad javobini berishdi, chunki ularni "Marsel"ning taklifi qoniqtirmadi, chunki sotib olish majburiyatiga erishish qiyin edi.

Endi esa, insayder Fabrisio Romanoning ma’lum qilishicha, klublar og‘zaki kelishuvga erishgan.

Kelishuvga 1 mln yevro miqdoridagi ijara to‘lovi, 14 mln yevro evaziga futbolchini sotib olish majburiyati, qo‘shimcha bonuslar va tovon puli to‘g‘risidagi band kiradi.

Qayd etilishicha, Vea faqat "Marsel"ga o‘tishni istagan va kelishuvlarga erishilishini kutgan.

A Seriyaning o‘tgan mavsumida amerikalik "Yuventus" safida 30 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 15:24, 03.08.2025.
O'qildi: 682 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик