Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Erjan Tokotayev «Andijon» safidagi debyut o‘yini haqida fikr bildirdi

Erjan Tokotayev «Andijon» safidagi debyut o‘yini haqida fikr bildirdi

Baho:
+ | -

«Andijon» klubi yangi darvozaboni Erjan Tokotayev Superliganing 16-turi doirasida bo‘lib o‘tgan «Qo‘qon-1912»ga qarshi o‘yinda debyut qildi. O‘yindan so‘ng qirg‘izistonlik posbon o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Avvalo, "Andijon" safida debyut o‘yinni o‘tkazganimdan xursandman. Bu lahzani kutgandim. Birinchi o‘yinimda o‘z darvozamdan gol o‘tkazmagani yoqimli bo‘ldi. O‘z uyimizda muxlislar qarshisida g‘alaba qozonganimizdan mamnunman. O‘yin davomida bizni qo‘llab-quvvatlagan muxlislarga rahmat aytaman.

Seyvlar haqida to‘xtaladigan bo‘lsam, zarbalar juda ham murakkab bo‘ldi, deya olmayman. Ammo ularni qaytarishga harakat qildim.

Jamoaga moslashishim qiyin bo‘lmadi. Ahil jamoa yig‘ilgan. Ular bilan birga ekanimdan xursandman.

Muxlislar esa eng zo‘ri! Ularga alohida rahmat. Bizni qo‘llab-quvvatlashda davom etishsin", — dedi Erjan.

Kiritildi: 23:59, 03.08.2025.
O'qildi: 2435 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик