Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/08 00:00 Kristal Pelas 1-4 Manchester Siti
29/08 00:30 Alaves 1-0 Vilyarreal
29/08 16:30 Liverpul 2-2 Nottingem Forest
29/08 18:00 Surxon 0-1 Guliston
29/08 19:00 Neftchi 1-0 Paxtakor
29/08 19:00 Bornmut 1-1 Everton
29/08 19:00 Koventri Siti 0-1 Xall Siti
29/08 20:00 Levante 5-2 Betis
29/08 21:30 Tottenhem 0-2 Nyukasl
29/08 21:30 Fiorentina 0-3 Frozinone
29/08 21:30 Monsa 2-3 Udineze
29/08 21:30 Sassuolo 2-1 Torino
29/08 22:00 Real Sosyedad 2-1 Espanyol
29/08 23:45 Yuventus 2-0 Parma
30/08 00:30 Sevilya 1-3 Atletiko
30/08 18:00 So‘g‘diyona - Jayxun
30/08 18:00 Chelsi - Brayton
30/08 18:00 Lids - Brentford
30/08 18:00 Sanderlend - Fulhem
30/08 19:00 Navbahor - Nasaf
30/08 20:00 Real Madrid - Malaga
30/08 20:30 Man. Yunayted - Ipsvich
30/08 21:30 Napoli - Komo
30/08 22:30 Deportivo - Valensiya
30/08 23:45 Kalyari - Inter
30/08 23:45 Lasio - Jenoa
31/08 00:30 Selta - Atletik Bilbao
31/08 21:30 Lechche - Roma
31/08 22:30 Osasuna - Xetafe
31/08 23:45 Atalanta - Bolonya
01/09 00:00 Aston Villa - Arsenal

Maksim Shaskix: «Futbolchilarga ikkinchi bo‘limdagi o‘yinlari uchun alohida minnatdorchilik bildiraman»

Maksim Shaskix: «Futbolchilarga ikkinchi bo‘limdagi o‘yinlari uchun alohida minnatdorchilik bildiraman»

Baho:
+ | -

«Andijon» – «Qo‘qon-1912» (3:0) o‘rtasidagi uchrashuvdan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida mezbonlar bosh murabbiyi Maksim Shaskix qatnashdi.

— Hammaga xayrli kech. O‘yin haqida to‘xtaladigan bo‘lsam, afsuski, birinchi taym biz xohlagandek bo‘lmadi. Dastlabki 15 daqiqa yoqqandi. Keyinchalik bizda o‘yin o‘xshamadi. O‘yinchilarda biroz xayajon ham bo‘ldi. Stadionda muxlislarning qo‘llab-quvvatlashi va javobgarlik hissi yuqoriligi uchunmi, ularda hayajon sezildi. Birinchi taymdan keyin kerakli o‘zgarishlar haqida gaplashdik va bu ikkinchi bo‘limda o‘z natijasini berdi. Vazifamiz gol urish edi. Gol urganimizdan keyin asta-sekin hamasi yaxshilanib bordi. Yigitlarga ikkinchi taymdagi o‘yinlari uchun alohida minnatdorchilik bildiraman. Tanaffusdan keyin ba’zi joylarda tez harakat qilish, to‘p uzatish kabi ayrim nuqsonlar kuzatildi. O‘ylaymanki, vaqt o‘tishi bilan to‘g‘rilanib boradi. Kombinasion o‘yin tashkil qilishni xohlagandik. Biroq ba’zi holatlarda buni imkoni bo‘lmadi.

— Yangi o‘yinchilar bilan eski futbolchilarni bir-birini tushunishi qanday kechyapti?

— O‘yinda hammadan qoniqdim. Ayniqsa, maydonga tushgan barcha yangi futbolchilarning o‘yinidan qanoatlandim, deyishim mumkin. O‘yinchilarda to‘liq mashg‘ulotlar o‘tkazgani vaqti kam edi. Shunga qaramay, barcha yangi futbolchilardan ham qoniqdim. O‘yindan-o‘yinga yigitlar bir-birini yanada yaxshiroq tushunib borishadi.

— Shahzod Azmiddinovni jarohati qanday?

— Uni holati yaxshi. Jarohati jiddiy emas. «Paxtakor»dan keldi. Albatta, u yerdagi bilan bizdagi holat bo‘yicha farq bo‘lishi mumkin. Shunchaki, u ko‘p vaqt o‘rinbosarlarda qolib ketdi. Ammo jarohati jiddiy emas. Yangi o‘yinchilar qatorida va o‘ylaymanki, o‘yindan-o‘yinga u ham yanada shakllanib, «ochilib» boradi, deb o‘ylayman. Sunnatillo Hamijonov haqida ham shunaqa deyish mumkin. Ismail Akanideda ham pauza bo‘lgan. Shu bois u individual tarzda mehnat qildi. O‘ylaymanki, OCHLgacha optimal formaga kirib olamiz.

— Yangi darvozabon Erjan Tokotayevga alohida to‘xatilb o‘tsangiz.

— U juda yaxshi o‘yin o‘tkazdi. Bir qancha epizodlarda juda yaxshi harakat qildi. Shunchaki, unga qoyil!

Manba: https://t.me/andijonpfc
Kiritildi: 05:39, 04.08.2025.
O'qildi: 1611 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик