Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/08 19:00 Surxon - So‘g‘diyona
13/08 19:00 Andijon - Neftchi
13/08 20:30 Buxoro - OKMK
14/08 19:00 Navbahor - Bunyodkor
14/08 20:00 Dinamo - Xorazm
14/08 20:30 Qizilqum - Mash’al

Shukron Yo‘ldoshev: “Jamoamizni muhim bahs kutib turibdi”

Shukron Yo‘ldoshev: “Jamoamizni muhim bahs kutib turibdi”

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

O‘zbekiston Superligasining 17-turidan o‘rin olgan “Navbahor” – “So‘g‘diyona” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv arafasida “lochinlar”ning 23 yoshli mahoratli darvozaboni Shukron Yo‘ldoshev bo‘lajak o‘yin haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

- Ertaga bizni juda muhim o‘yin kutib turibdi. "So‘g‘diyona" jamoasi yozgi transferlar "oynasi" da tarkibni sezilarli tarzda kuchaytirdi. Tarkibga yaxshi futbolchilar jalb etilishdi. Lekin biz muxlislarimizni xursand qilishga intilamiz.

Ikkinchi davra bahslariga tayyorgarlik doirasidagi yig‘inda jismoniy tayyorgarlikka katta urg‘u berdik, qolaversa, ertangi o‘yinga ham munosib tayyorgarlik ko‘rganmiz. Ichki muhitda muammolar yo‘q. Shu sababli ham safimizga yangi qo‘shilganlar jamoaga tezda moslashib keta olishdi. Hozirda barchamiz bitta maqsad yo‘lida birlashganmiz va ertangi bahsda faqat g‘alaba uchun maydonga tushamiz", - dedi Yo‘ldoshev. 

Kiritildi: 23:08, 05.08.2025.
O'qildi: 524 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик