Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/05 00:00 Barselona 2-0 Real Madrid
11/05 23:45 Napoli 2-3 Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta - Levante
12/05 23:00 Betis - Elche
13/05 00:30 Osasuna - Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas

Abbosbek Fayzullayevning Yevropa Konferensiyalar Ligasidagi debyuti kechikadigan bo‘ldi

Abbosbek Fayzullayevning Yevropa Konferensiyalar Ligasidagi debyuti kechikadigan bo‘ldi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston terma jamoasi va Turkiyaning “Bashakshehir” klubi yarim himoyachisi Abbosbek Fayzullayev UYEFA Konferensiyalar Ligasi saralashi doirasidagi Norvegiyaning “Viking” jamoasiga qarshi bahslarda maydonga tusha olmaydi. Bu haqda jurnalist Aleksandr Troiskiy xabar berdi.

Abbosning yaqinlashib kelayotgan o‘yinlarda ishtirok etishiga ruxsat berilmagan. U 14 avgustgacha bo‘lgan bahslarda jamoasiga yordam bera olmaydi. Demak, “Viking”ga qarshi ikki uchrashuvda Fayzullayev ishtirok etmaydi. Umid qilamizki, “Bashakshehir” keyingi bosqichga yo‘l oladi va Abbos bu mavsum Yevrokuboklardagi debyutini o‘tkazadi, deydi jurnalist.

Aleksandr Troiskiyning qo‘shimcha qilishicha, Fayzullayevning ishtirokiga qo‘yilgan cheklov hujjatlarni rasmiylashtirishdagi muammolar bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Unga ko‘ra, bu holat futbolchining Rossiya klubidan transfer qilinganidan kelib chiqqan.  

Eslatib o‘tamiz, “Bashakshehir” va “Viking” o‘rtasidagi uchrashuvlar 7 va 13 avgust kunlari bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 23:12, 05.08.2025.
O'qildi: 1646 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик