Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston 0-0 Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted 2-0 Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid 2-0 Levante
17/01 19:00 Udineze 0-1 Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Sergey Lushan: «Uchrashuv biz uchun juda qiyin kechdi»

Sergey Lushan: «Uchrashuv biz uchun juda qiyin kechdi»

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Superligasining 17-turidan o‘rin olgan «Navbahor» – «So‘g‘diyona» (1:1) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining birinchi qismida mezbonlar bosh murabbiyi Sergey Lushan ishtirok etib, OAV xodimlarining savollariga javob berdi.

— Bugungi o‘yin borasidagi fikringiz?

— Uchrashuv biz uchun juda qiyin kechdi. Ayniqsa, hujumda hech narsa o‘xshamadi. Bunga nima sabab bo‘layotganligini tahlil qilamiz. Mehmonlar ham ko‘p vaziyatlar yaratishdi, deya olmayman. Bugungi bahsda teng kuchli jamoalar kurashi guvohi bo‘ldik. Yakkakurashlar ko‘p bo‘ldi, balki yutmaganimizga maydon xalaqit bergandir, bir narsa deya olmayman. Shunday bo‘lsada, futbolchilarga rahmat aytdim.

— Ruslanbek Jiyanovning zaxiraga olinishiga nima sabab bo‘ldi?

— Chunki u biz kutgan o‘yinni namoyish eta olmadi. Jiyanov va Mirsaidov jamoamiz bilan asosiy yig‘inda bo‘lishmadi, ularning ikkisi deyarli mashg‘ulot o‘tkazishmadi. Bir oy hech nima qilmasdan faqat dam olishdi. Xuddi shuningdek, boshqa futbolchilar ham mashg‘ulotlarda to‘liq ishtirok etishmadi. Boltaboyev bir oyni hujjatlarini tayyorlash bilan o‘tkazdi. Xullas, hozirgi tarkibda mashg‘ulotda qatnashmagan 7-8 nafar o‘yinchi o‘ynayapti. Shuning uchun zo‘rg‘a durang qayd etayotganimizdan ham xursandman. Jamoada nima bo‘layotganini bilish uchun uning ichida bo‘lish kerak. Men jamoa ichida bo‘lganim uchun hammasini bilaman.

— «Navbahor» qatorasiga uchta o‘yindan buyon g‘alaba qozona olmayapti. Buning sababi nimada?

— Bu jamoaning funksional holati bilan bog‘liq. Birinchi davra oxirlarida 10 nafarga yaqin yoshlarni majburan asosiy tarkibga o‘tkazdik, chunki zaxiramizda hech kim qolmagandi. Mana hozir ko‘ryapsiz, yoshlar o‘zlarini ko‘rsatishga harakat qilishyapti. Biz reja bo‘yicha ishlashda davom etyapmiz. Albatta, aqllilar ham bor, bizga nima qilish kerakligini o‘rgatadigan. Lekin men ularga quloq solmayman.

— Bugungi muxlislik va performans sizga yoqdimi?

— To‘g‘risi, o‘yin paytida diqqat e’tiborimni faqat maydonga va futbolchilarning harakatlariga qarataman. Ba’zan baqirishadi, ammo men e’tibor bermayman, ba’zan tushunmayman ham. Muxlislik har doim jamoaga nisbatan bir xil bo‘lishi kerak. Yutganda qarsak chalib, yutqazganda so‘kish fan-klubning ishi emas. Bu muxlislik madaniyatiga umuman to‘g‘ri kelmaydi.

— Yangi kelgan o‘yinchilar haqida nima deya olasiz?

— Ularning jamoamizga kelganiga endi 10 kun bo‘ldi. Ozroq vaqt kerak, keyin ular ham o‘zlarini ko‘rsatadi. Bu yil bizga oson bo‘lmayapti, boshidagi 7 ta turni juda qiynalib o‘tkazdik. Men yangi kelganlarga to‘liq ishonaman.

— Ketganlarni ushlab qolsa bo‘larmidi?

— Ijaraga ketganlar bo‘ldi hamda ularni o‘zimiz qo‘yib yubordik. Kimgadir ko‘proq maosh taklif qilishdi va u ketdi. Bu normal holat. Yaxshi taklif bo‘lsa futbolchi ketadi.

— 25 avgust kuni yana «So‘g‘diyona»ga qarshi bahs olib borasiz. O‘sha o‘yinda o‘zgarishlar bo‘ladimi?

— Futbolchilar o‘zgarmaydi, 20 nafar o‘yinchi qaydnomadan joy oladi. Lekin qanaqa o‘yin ko‘rsatishimizni vaqt ko‘rsatadi.

«Navbahor» PFK matbuot xizmati.

Manba: www.pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 05:34, 07.08.2025.
O'qildi: 775 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.