Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/04 19:00 Qizilqum 0-0 Xorazm
29/04 19:00 Neftchi 4-0 Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor 2-1 Navbahor
29/04 23:59 Atletiko - Arsenal
01/05 23:45 Piza - Lechche
02/05 00:00 Lids - Byornli
02/05 00:00 Jirona - Malyorka

"Nyukasl" Jekson uchun qancha sarflashi kerak?

"Nyukasl" Jekson uchun qancha sarflashi kerak?

Baho:
+1 | -

Hujumchi Nikolas Jekson joriy transfer oynasida Londonning "Chelsi" klubini tark etishi mumkin. Telegraph jurnalistlariga ma’lum bo‘lishicha, senegallik futbolchiga APLning boshqa bir klubi - "Nyukasl"dan taklif bor.

"Hakkalar" jamoaning hujum chizig‘ini kuchaytirmoqchi va Nikolasni yozgi transferlar oynasi yopilgunga qadar o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Shu bilan birga, ehtimoliy bitim summasi taxminan 75 million yevroga baholanmoqda.

Afrikalik futbolchi ikki yil muqaddam "aristokratlar" safiga kelib qo‘shilgan edi. Hujumchi londonliklar bilan 2033 yilning yarmigacha shartnoma majburiyatlari bo‘yicha bog‘langan.

Nikolas Angliya chempionatining o‘tgan mavsumida 30 ta o‘yinda maydonga tushib, 10 ta gol va 5 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.

Kiritildi: 12:21, 12.08.2025.
O'qildi: 681 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик