Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Manchester Yunayted"ga "Chelsi" futbolchilari kerak emas

"Manchester Yunayted"ga "Chelsi" futbolchilari kerak emas

Baho:
+ | -

"Chelsi" "Manchester Yunayted"dan Alexandro Garnachoni sotib olishni xohlamoqda va o‘z o‘yinchilaridan birini argentinalik futbolchiga almashishga tayyor.

Klublar argentinalik qanot vingeri narxi bo‘yicha hali kelishuvga erishmagan, shu bois "ko‘klar" "qizil iblislar"ga o‘z futbolchilarini bitimning bir qismi sifatida taklif etgan.

Insiyder Fabrisio Romanoning xabar berishicha, Garnacho evaziga mankunianchilar hujumchilar Nikolas Jekson va Kristofer Nkunku, shuningdek, himoyachilar Aksel Disasi va Renatu Veygadan birini olishlari mumkin edi. "Manchester Yunayted" yuqorida tilga olingan to‘rt nomzoddan birini tanlash imkoniyatiga ega bo‘lsa-da, bunday taklifga qiziqish bildirmadi. Aksincha, ular mablag‘larni boshqa pozisiyalarni kuchaytirish uchun qayta sarflashni rejalashtirganliklarini ma’lum qilishdi.

Kiritildi: 12:46, 12.08.2025.
O'qildi: 1559 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик