Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/05 00:00 Real Sosyedad 2-2 Betis
10/05 15:30 Verona 0-1 Komo
10/05 17:00 Malyorka 1-1 Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli 2-2 Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest 1-1 Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas 2-2 Everton
10/05 18:00 Cremonese 3-0 Piza
10/05 18:00 Fiorentina 0-0 Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao 0-1 Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem 0-1 Arsenal
10/05 21:00 Parma 2-3 Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo 0-0 Xetafe
10/05 23:45 Milan 2-3 Atalanta
11/05 00:00 Barselona 2-0 Real Madrid
11/05 23:45 Napoli - Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem - Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano - Jirona
12/05 22:00 Selta - Levante
12/05 23:00 Betis - Elche

Yoaxim Lyov O‘zbekiston terma jamoasi taklifini rad etdi — Bild

Yoaxim Lyov O‘zbekiston terma jamoasi taklifini rad etdi — Bild

Baho:
+ | -

Germaniyalik mutaxassis Yoaxim Lyov O‘zbekiston terma jamoasini boshqarmaydi. Bild nashrining xabariga ko‘ra, tajribali mutaxassis O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining taklifini rad etgan.

Avstriyaning oe24 nashri esa ushbu xabarga aniqlik kiritib, O‘FA Yoaxim Lyovni O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi lavozimiga tayinlash maqsadida “maxfiy muzokaralar” olib borganini ma’lum qilgan. Manbaga ko‘ra, ushbu muzokaralarda Germaniyadagi O‘zbekiston elchixonasi vakillari ham ishtirok etgan. Bild nashrining yozishicha, 65 yoshli mutaxassis bir necha kun davomida taklif ustida jiddiy o‘ylab ko‘rgan, biroq yakunda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining taklifini rad etgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston terma jamoasi o‘z tarixida ilk bor futbol bo‘yicha Jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Ma’lumot o‘rnida, Yoaxim Lyov 2006 yildan 2021 yilgacha Germaniya terma jamoasini boshqargan. Uning boshqaruvidagi “nemis mashinasi” 2014 yilda Braziliyada o‘tgan Jahon chempionatida chempionlikni qo‘lga kiritgan.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 16:19, 13.08.2025.
O'qildi: 3144 marta.
Fikrlar: 28 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик