Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/04 00:00 Sanderlend 0-5 Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis 1-1 Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem 1-0 Aston Villa
25/04 17:00 Alaves 2-1 Malyorka
25/04 18:00 Parma 1-0 Piza
25/04 19:00 Liverpul 3-1 Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem 2-1 Everton
25/04 19:00 Vulverhempton 0-1 Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe 0-2 Barselona
25/04 21:00 Bolonya 0-2 Roma
25/04 21:30 Arsenal 1-0 Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya 2-1 Jirona
25/04 23:45 Verona 0-0 Lechche
26/04 00:00 Atletiko 3-2 Atletik Bilbao
26/04 15:30 Fiorentina - Sassuolo
26/04 17:00 Rayo Valyekano - Real Sosyedad
26/04 18:00 Jenoa - Komo
26/04 19:15 Real Ovyedo - Elche
26/04 21:00 Torino - Inter
26/04 21:30 Osasuna - Sevilya
26/04 23:45 Milan - Yuventus
27/04 00:00 Vilyarreal - Selta
27/04 21:30 Kalyari - Atalanta
27/04 23:45 Lasio - Udineze
28/04 00:00 Man. Yunayted - Brentford
28/04 00:00 Espanyol - Levante

«Andijon» a’zolari OCHL-2 qur’asi oldidan fikr bildirishdi

«Andijon» a’zolari OCHL-2 qur’asi oldidan fikr bildirishdi

Baho:
+ | -

Osiyo Chempionlar ligasining yangi mavsumi uchun qur’a tashlanishidan xabaringiz bor. «Andijon» OCHL-2 da ishtirok etadi va guruh bosqichidagi raqiblarini tez orada bilib olamiz.

Barchamizning e’tiborimiz Malayziya poytaxti Kuala-Lumpurdagi qur’a tashlash marosimiga qaratilganligi shubhasiz. Jamoa a’zolari qur’adan avval klub matbuot xizmatiga o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdilar.

Sardor Azimov: "Jamoamiz Osiyo Chempionlar ligasi 2 musobaqasida ilk bor qatnashayotganini hisobga olsak bizda bosim yo‘q. Guruhimizga kimlar tushishidan qat’iy nazar baribir ularga qarshi o‘ynaymiz. Muhimi, bizni munosib ishtirokimizdir. Xudo xohlasa, muxlislarimizga bayram ulashib, guruhdan chiqishga bor kuchimiz bilan harakat qilamiz. Osiyo maydonlarida ishqibozlarimizga g‘alabalarimiz bilan quvonch ulashishni niyat qilganmiz. Guruhimizda kuchli raqiblar tushsa bizga tajriba bo‘ladi, o‘zimiz teng raqiblar tushsa ham oxirigacha kurashamiz".

Sunnatilloh Hamidjonov: "Bizga qaysi jamoalar tushishidan qat’iy nazar maqsadimiz yaxshi natijalar ko‘rsatib, maksimal darajada bor kuchimiz bilan o‘ynaymiz va g‘alabalar bilan muxlislarimizni quvontirmoqchimiz. Guruhimizda bizga raqib bo‘ladigan har bir klubga puxta tayyorgarlik ko‘ramiz va munosib qatnashishga harakat qilamiz. «Andijon» klubi bu musobaqada tarixda birinchi marta ishtirok etadi. Shuni hisobga olib, OCHLda maksimal bor kuchimiz, bor mahoratimiz bilan kurashamiz. Chunki yana bunday imkoniyat bo‘ladimi-yo‘qmi, Xudo biladi. Shu sababli ushbu imkoniyatdan unumli foydalanishga harakat qilamiz. Bu turnirda kuchsiz jamoalar bo‘lmaydi, barchasi o‘ziga yarasha kuchli. Shunga qaramasdan qaysi klub tushishidan qat’iy nazar bor kuchimiz bilan o‘ynashga tayyormiz. Menimcha, «Al-Vasl», «Al-Muharraq» va «Al-Xaldiya» tushsa kerak, qur’ada aniq bilib olamiz".

Eldor Adhamov: "Kim tushishini farqi yo‘q. Kuch tomonlama qulayroq raqiblar tushsa yaxshi bo‘lardi. Nomdor klublardan «An-Nasr»ga qarshi o‘ynash yoqimli bo‘ladi. Chin dildan xohlagan taqdirimizda hamma narsa qilsa bo‘ladi. Oldimizga qo‘yilgan vazifani bajarishga va muxlislarimizni xursand qilishga bor kuchimiz bilan harakat qilamiz".

Manba: https://t.me/andijonpfc
Kiritildi: 23:29, 14.08.2025.
O'qildi: 1679 marta.
Fikrlar: 12 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик