Londonning "Chelsi" klubi hujumchisi Nikolas Jekson faoliyatini "Aston Villa"da davom ettirmoqchi ekanligi haqida o‘z do‘stlariga ma’lum qilgan.
Chelsea FCNews xabariga ko‘ra, 24 yoshli senegallik forvard "Vilyarreal"da birga ishlagan Unai Emeri bilan yana birga ishlamoqchi.
"Aristokratlar" Jeksonni 80 million funtga baholamoqda. Birmingemliklar esa taxminan 60 million funtga sotib olishga tayyor.













