Rimning "Roma" klubi hujumchisi Stefan El-SHaaravi jamoaning yangi mavsumdagi asosiy maqsadini aytdi.
"Albatta, biz Chempionlar ligasiga chiqishni istaymiz, bu bizning ustuvor vazifalarimizdan biri. O‘tgan mavsumda biz yaxshi natijalar ko‘rsatdik va endi bizning maqsadimiz - ularni yaxshilash va Chempionlar Ligasiga chiqish", - dedi italiyalik hujumchi.
"Roma" A Seriya yangi mavsumini 23 avgust kuni "Bolonya"ga qarshi o‘yin bilan boshlaydi.













