Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Barselona" himoyachisini sotishi aniq bo‘ldi

"Barselona" himoyachisini sotishi aniq bo‘ldi

Baho:
+1 | -

Qanot himoyachisi Ektor Fort "Barselona"ni tark etadi. Bunday ma’lumotlar bilan insayder Fabrisio Romano bo‘lishdi.

Manbaning ta’kidlashicha, Fort "Barselona"ning Ispaniya chempionatining birinchi turi "Malyorka"ga qarshi o‘yin qaydnomasiga kiritilmagan, chunki jamoada unga umid qilinmayapti. Ta’kidlanishicha, 19 yoshli himoyachi yaqin ikki hafta ichida sotib yuboriladi.

Fort "Barselona" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U o‘tgan mavsumda asosiy jamoa safida 30 ta o‘yinda maydonga tushdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Transfermarkt mutaxassislari ispaniyalik futbolchining narxini o‘n million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 15:38, 16.08.2025.
O'qildi: 1622 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик