Kirish Ro'yxatdan o'tish

PFLdan oldinga tashlangan katta qadam!

PFLdan oldinga tashlangan katta qadam!

Baho:
+1 | -

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining oxirgi ikki turida “Neftchi”ning o‘yinlarida sezganim – translyasiya kadrlari qandaydir sifatli bo‘lib qolgani bo‘ldi. Xuddi Yevropa yoki boy arab mamlakatlaridan qilingan translyasiyalardek — takroriy lavhalar yoqimli darajada sekin va sifatli edi. Tepadagi videoni ko‘ring-da — O‘zbekistonda bo‘lgan va o‘zbekistonlik mutaxassislar tomonidan tasvirga olingan o‘yinlardan parchalar.

Buning sirini O‘zPFL bugun aytdi — tashkilot o‘zi olti professional kamerasi bor ko‘chma televizion stansiya yasabdi, shu olti kameradan uchtasi Super Slow Motion kamera ekan, shuning uchun Alisher Odilovning “Qo‘qon-1912” darvozasiga yoki Ruslanbek Jiyanovning “Andijon” darvozasiga urgan gollari shunaqa chiroyli ko‘ringan ekan-da menga. Milliy futbolimizning “tovar ko‘rinishi” mana shunday yaxshilangani bilan butun futbol jamoatchiligimizni tabriklasa arziydi. Ijtimoiy tarmoqlar zamonida bu juda muhim.

Bu ketishda O‘zPFL hali o‘zining telekanalini ham ochib, o‘zining shafeligida o‘tkazilayotgan futbol uchrashuvlari tomoshasini obuna asosida sotishni ham yo‘lga qo‘ysa kerak. Va bunga chinakam salohiyat bordek: tashkilotning Youtube'dagi sahifasida, masalan, oxirgi turdagi “Dinamo” — “Paxtakor” o‘yinini 113 ming marta, “Neftchi” — “Nasaf” o‘yinini esa 136 ming marta tomosha qilingan. Menimcha, zo‘r ko‘rsatkich.

Manba: @muhrim
Kiritildi: 19:54, 16.08.2025.
O'qildi: 621 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик