Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona 1-1 Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Reynders: "Bundan yaxshisi bo‘lishi mumkin emas"

Reynders: "Bundan yaxshisi bo‘lishi mumkin emas"

Baho:
+ | -

"Manchester Siti"ning yangi a’zosi Tidjani Reynders ingliz jamoasidagi debyutiga izoh berdi.

APL 1-turining shanba kungi o‘yinida yarim himoyachi "Vulverxempton"ni 4:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratishga yordam berib, gol va assist muallifi bo‘ldi.

"Gol va golli uzatma bilan boshlash juda yoqimli, ayniqsa Premyer-ligada - bu siz orzu qilgan narsa. Bundan yaxshisi bo‘lishi mumkin emasdi. Mavsumning birinchi o‘yinida nima bo‘lishi yoki raqib qanday o‘ynashini bilmaysan va biz buni ancha yaxshi uddaladik," - dedi Reynders.

Futbolchining qo‘shimcha qilishicha, "Manchester Siti" bu mavsumda Angliya chempionligini qo‘lga kiritish niyatida.

Niderlandiyalik yarim himoyachi yozda "Milan"dan "shaharliklar" safiga ko‘chib o‘tgan edi. U "Manchester Siti" bilan 5 yillik shartnoma imzoladi.

Kiritildi: 00:46, 17.08.2025.
O'qildi: 519 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик