Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/09 00:00 Vilyarreal 2-3 Deportivo
06/09 18:00 Everton 2-2 Man. Yunayted
06/09 18:00 Frozinone 3-2 Venetsiya
06/09 18:00 Parma 1-1 Monsa
06/09 19:15 Valensiya 0-5 Barselona
06/09 20:30 Arsenal 2-1 Chelsi
06/09 21:00 Bolonya 2-2 Sassuolo
06/09 21:30 Osasuna - Alaves
06/09 21:30 Malaga 0-0 Levante
06/09 21:30 Alaves 5-2 Osasuna
06/09 23:45 Yuventus 1-1 Milan
07/09 00:00 Espanyol 1-1 Sevilya
07/09 21:30 Kalyari - Lechche
07/09 22:00 Xetafe - Selta
07/09 23:45 Udineze - Lasio
08/09 00:30 Elche - Real Sosyedad

Ana xolos! Rodrigo "Tottenxem"ga o‘tishga yaqin turibdi

Ana xolos! Rodrigo "Tottenxem"ga o‘tishga yaqin turibdi

Baho:
+ | -

Braziliyalik vinger Rodrigoning "Real"dagi kelajagi tobora noaniq bo‘lib bormoqda.

Ispaniya matbuoti xabariga ko‘ra, Madrid klubi futbolchini "Tottenxem"ga ijaraga berish variantini ko‘rib chiqmoqda, chunki "Los Blankos" bosh murabbiyi Xabi Alonso uni o‘z rejalariga kiritmayapti.

Rodrigo "Osasuna"ga qarshi o‘yin uchun tarkibga kiritilmadi, bu esa uning ketishi haqidagi mish-mishlarni kuchaytirdi. Ilgari unga "Liverpul" va "Manchester Siti" klublari qiziqish bildirishgan edi, ammo endi bu klublar to‘liq transfer g‘oyasiga sovuqqonlik qilishmoqda. "Shporlar" futbolchini ijaraga olishga va uning maoshini to‘liq to‘lashga tayyor, bu esa kelishuvni eng ehtimoliy qiladi.

Avvalroq, "Real" Rodrigoni 100 million yevroga baholagandi, biroq ijara uning bozordagi qiymatini saqlab qolishning bir yo‘li bo‘lishi mumkin.

Hali ham hujumni kuchaytirishi kerak bo‘lgan "Tottenxem" uchun braziliyalikning kelishi hal qiluvchi qadam bo‘lishi mumkin. Rodrigoning o‘zi ham bu transferdan manfaatdor, chunki u "Real" iyerarxiyasida Kilian Mbappe va Vinisiusga yutqazmoqda.

Kiritildi: 20:46, 21.08.2025.
O'qildi: 8502 marta.
Fikrlar: 15 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик