Milanning "Inter" klubi markaziy himoyachisi Alessandro Bastoni o‘z jamoasini A Seriya yangi mavsumi chempionlik poygasining favoriti deb hisoblamasligini tan oldi.
O‘tgan mavsumda "neradzurrilar" chempionlikni "Napoli"ga boy bergan - oradagi farq atigi 1 ochkoni tashkil etgandi.
"Amaldagi chempion har doim favorit hisoblanadi, ammo biz avvalgidek o‘zimizni raqobatbardosh his qilamiz. A Seriyada g‘alaba qozonish uchun qo‘limizdan kelganini qilamiz," - dedi 26 yoshli futbolchi Tuttosport nashriga bergan intervyusida.













