Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Maksim Shaskix "Paxtakor"dan uchralgan qaqshatqich mag‘lubiyatdan so‘ng nimalar dedi?

Maksim Shaskix "Paxtakor"dan uchralgan qaqshatqich mag‘lubiyatdan so‘ng nimalar dedi?

Baho:
+ | -

"Andijon" - "Paxtakor" (2:6) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida mezbonlar bosh murabbiyi Maksim Shaskix ishtirok etdi.

- Birinchi taymdagi gollarni ko‘rdinglar, kulguli. Ba’zi vaziyatlardan to‘liq foydalanganimizda hisob boshqacha bo‘lishi ham mumkin edi. Ikkinchi taymni yaxshiroq boshladik. Afsuski, xatolik ko‘p bo‘ldi. Ikkinchi taymda ko‘p harakat qildik, yutishni ham o‘yladik. Biroq yakun o‘xshamadi. Himoyadan hujumga o‘tayotganda ham bizga tezkorlik yetishmadi. Juda qo‘pol xatolarga yo‘l qo‘ydik.

- Alamli mag‘lubiyat. Jamoaga yangi qon quyish kerakmikin?

- Buning uchun vaqt kerak. Ikki-uch oy ichida yaxshi jamoani shakllantirib bo‘lmaydi. Yangi futbolchilar tarkibimizda bor. Ularga maqsadimizni to‘liq o‘rgatish uchun vaqt kerak bo‘lyapti. Ko‘p narsa ruhiyatga ham bog‘liq. Ma’lum vaqt o‘tgandan keyin butunlay boshqa jamoa bo‘ladi.

- Ikkinchi davrada dastlabki 5 ta o‘yinda 4 ochko olishini kutmaganmidingiz?

- O‘yinni to‘liq tahlil qilib ko‘ring, biz qaerda mag‘lubiyatga uchraganimizni o‘zingiz bilasiz. "Navbahor", "Mash’al", bugun "Paxtakor". O‘yinlarni tahlil qilib ko‘ring-da. O‘yinchilarimiz individual tarafdan u qadar kuchli emas. "Paxtakor"da esa faqatgina individual jihatdan kuchli futbolchilar bor. Biz imkon qadar jamoaviy o‘yin tashkil qilishga harakat qilyapmiz. O‘tkazilgan gollarni ko‘rdingizmi? Hatto, bolalar futbolida ham bunday gollarni o‘tkazib yuborishmaydi. Keyingi xulosalar uchun bu o‘yindan ham juda yaxshi ma’lumotlarga ega bo‘ldik. Jamoaviy holatda yomon o‘ynamadik, deb o‘ylayman. Individual mahoratimiz kamligi hisobiga mag‘lubiyatga uchradik, deb o‘ylayman. Ha, raqib tez, mahoratli, bizdan ko‘ra ko‘proq xulosa chiqarishadi. Bu - futbol.

- Erjan Tokotayev o‘z darvozasidan 6 ta gol o‘tkazib yubordi. Uning o‘yiniga munosabatingiz qanday?

- U balki xato qilgandir, bu borada darvozabonlar murabbiyi bor, tahlil qilamiz. Balki keyingi o‘yinlarda o‘zgarish qilishimiz mumkindir. To‘g‘ri, 6 ta gol o‘tkazish bu yomon natija.

- Himoyachilarning o‘yiniga fikringiz qanday?

- Markaziy himoyaga Altin Kreziuni qo‘ygandik. Abdurahmon Komilov ham o‘ynadi. Bunday o‘yinlar xulosa chiqarishimizga sabab bo‘ladi. Hozircha almashtirish imkoniyati yo‘q. Birinchi davradan so‘ng qanot himoyachisiz qolgandik, ba’zi futbolchilarda jarohatlar bor edi. Sunnatilloh Hamidjonovni oldik. Unda ham jarohat bor edi. Abdulvohid G‘ulomov endi jarohatidan forig‘ bo‘lyapti. Bunday jarohatdan so‘ng uni tushirish qiyin edi. Boshqa imkoniyatimiz yo‘q edi. Ikkinchi taymda Usmonovni tushirdik. Bilaman, u himoyachi emas. Lekin bu pozisiyada birinchi marta o‘ynamayapti. Bolalarcha xatolikka yo‘l qo‘ydik.

Kiritildi: 06:17, 23.08.2025.
O'qildi: 1673 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.