"Manchester Yunayted" chap qanot himoyachisi Lyuk Shou APLning 2-turida "Fulxem"ga qarshi o‘yinni (1:1) asosiy tarkibda o‘tkazdi.
Bu o‘yin "mankunianliklar"ning 30 yoshli angliyalik futbolchisi uchun Premyer-ligadagi 200-o‘yin bo‘ldi.
"Manchester Yunayted" Shouni 2014 yilning yozida "Sautgempton"dan 39,5 million yevroga sotib olgandi.













