Angliya Premyer-ligasining 2-turida "Manchester Yunayted" Londonning "Fulxem" klubini mehmonda mag‘lub eta olmadi. Jamoalar o‘rtasidagi uchrashuv 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlandi.
"Manchester Yunayted" uchun bu o‘yin chempionatda jamoa g‘alaba qozona olmagan oltinchi mehmon o‘yini bo‘ldi. Avvalroq "qizil iblislar" "Chelsi", "Brentford", "Nyukasl" va "Nottingem Forest"ga mag‘lub bo‘lgandi. Qolaversa, Ruben Amorim shogirdlari "Bornmut" bilan durang o‘ynadi.
"Manchester Yunayted" so‘nggi bor APL doirasida 16 mart kuni mehmonda g‘alaba qozongan. Bu o‘tgan mavsumning 29-turida "Lester" bilan o‘yinda (3:0) sodir bo‘lgandi.













