Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika - JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya - Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina

Nemis klubi "Arsenal" bilan kelisha olmadi

Nemis klubi "Arsenal" bilan kelisha olmadi

Baho:
+ | -

Londonning "Arsenal" va "Shtutgart" klublari yarim himoyachi Fabiu Viyeyra transferi bo‘yicha muzokaralarni muvaffaqiyatsiz yakunladi.

The Sun jurnalisti Jordan Devisning ma’lum qilishicha, klublar portugaliyalik futbolchi borasida kelishuvga erisha olmagan. Endi nemis klubi transfer bozorida boshqa maqsadlarga o‘tdi.

Eslatib o‘tamiz, Viyeyra 2022 yilning yozida "Arsenal" futbolchisiga aylangan edi. O‘tgan mavsumda 25 yoshli yarim himoyachi ijara asosida o‘zi tarbiya topgan "Portu"da o‘ynagan, ammo yozda "kanonirlar" ixtiyoriga qaytgandi.

Avvalroq, "Arsenal" Viyeyra uchun taxminan 30 mln yevro olishni rejalashtirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Portugaliyalikning "kanonirlar" bilan shartnomasi yana ikki yilga mo‘ljallangan.

Kiritildi: 18:33, 25.08.2025.
O'qildi: 683 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик