Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta 2-3 Levante
12/05 23:00 Betis 2-1 Elche
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves - Barselona
14/05 00:30 Xetafe - Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad

Sobiq darvozaboni «PSJ»ni keskin tanqid qildi

Sobiq darvozaboni «PSJ»ni keskin tanqid qildi

Baho:
+ | -

«Monako» klubi sobiq darvozaboni Flavio Roma «PSJ»ning Janluijji Donnarumma bilan xayrlashish qaroriga tanqid bilan baho berdi.

«U haqiqiy qahramon edi, deyarli har bir turnirda yetakchi bo‘ldi, ehtimol chempionatdan tashqari, chunki u yerda hamisha yaxshi o‘ynamagan. Bu g‘alati holat. Shu darajadagi futbolchini, joriy mavsumda “PSJ” g‘alabalarida asosiy o‘rin tutgan darvozabonni chetga surishni tushunish qiyin.

Asosan, gap pul haqida, deb o‘ylayman. Lekin, mening fikrimcha, Donnarumma asosiy shaxs edi. Ha, klub Lyuka Shevalye bilan shartnoma imzoladi – u Liga 1’dagi eng yaxshi darvozabon, juda kuchli. Bu jihatdan “PSJ” to‘g‘ri ish qildi. Lekin Donnarummadan bunday osonlikcha voz kechishni tushunish qiyin. Menimcha, u bu yil shartnomaga arzigandi. Ammo “PSJ” unga eshikni ko‘rsatdi.

Menimcha, gap oyoq bilan o‘ynashda ham emas. Agar siz bu yil 4 ta trofey yutgan bo‘lsangiz, bu uning qo‘llari tufayli, oyoqlari emas. Oyoq bilan o‘ynash – bu bahona, xolos. Ha, Shevalye oyoq bilan yaxshiroq o‘ynaydi, ammo bu faqat bahona, boshqa gap yo‘q», – dedi «Monako»ning sobiq darvozaboni.

Manba: sports.ru
Kiritildi: 07:41, 27.08.2025.
O'qildi: 2368 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик